TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
You are welcome!!!
You are welcome!!!
Hush kelibsiz

Salom! Avvalo hush kelibsiz!
Yana bir bor hush kelibsiz ! Web sahifamga tashrif buyurganingizdan

bag'oyatda hursandman! Avvalo o'zimni tanishtirsam kamina Nodirbek

Berdiqulov Ahmadjonovich 1989-yil 25-mayda Andijon viloyati Bulooqboshi

tumani Shirmonbuloq qishlog'ida tavallud topgan. Ilk savodimni

qishlog'imizgagi 21-maktabda chiqardim, so'ng Buloqbsohidagi 10-gimnaziya

(hozirda 43-ixtisoslashtirilgan maktab-intenati)ning 3-sinfiga oqishga kirdim.

Hozirda shu maktabning 11-sinfida o'qimoqdaman.

O'ylaymanki web sahifam sizlarga manzur bo'ladi!

Men o'z web sahifamni iloji boricha sodda tayyorlashga harakat qildim!

Chunki, soddalikka nima yetsin!

Yana men sizlarga o'zim yaratgan "Paskal tili o'quv qo'llanma"sini hamda

"Viruslar to'grisidagi o'quv qo'llanma"ni tavsiya etaman.






Men Berdiqulov Nodirbek Ahmadjonovich bo'laman, Hozir zamon rivojlanayotga paytda elektron qo'llanmalarning ahamaiyati toboro oshib bormoqda. Shuningdek hozirda Pascal dasturlash tili to'g'risidagi kitoblarni aksariyati boshqa tillarda chop etilmoqda.Men sizlarga bepul va ishonchli o'quv qo'llanmani taklif etaman.Ammo sizga shuni ta'kidlab o'tmog'im kerakki, ushbu matlarni ko'chirganingizda Nodirbek Berdiqulovning "Paskal dasturlash tili haqidagi elektron qo'llanma" dan foydalanildi deyishni unutmang! Ushbu qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalaringizni Nodirbek25@rambler.ru e-mailida kutaman. Demak elektron qo'llanmaga hush kelibsiz!

I-BOB.
Turbo - Paskal algoritmik tili.
Zamonaviy kompyuterlarda turli dasturlash tillari keng qo'llaniladi. Bu dasturlar iqtisodiyot, boshqarish, xizmat ko'rsatish va ayniqsa sanoat va ishlab chiqarishning turli soxalarida muxim axamiyatga molik masalalarni xal qilishda ba'zan yagona omilga aylanmoqda. Bu esa o'z navbatida muxandislik va boshqarish soxasi xodimlari uchun kompyuterlardan unumli va oqilona foydalanishni taqoza etadi.
Kompyuterda biror muammoni xal qilish bir necha bosqichlarga bulinadi. Avvalam bor taxlil qilinayotgan jarayon yoki inshootning zarur jixatlarini o'zida mumkin qadar tula akslantirgan matematik in'ikosi (modeli) tuzib olinadi.
Matematik model formula va tenglamalar tizimi ko'rinishida ifodalanadi. Xosil bo'lgan masalani yechish uchun eng maqbul xisoblash algoritmi tuziladi.
Aniqlangan algoritmga xos xisoblash usuli tanlab olinadi va bu usulni kompyuter va foydalanuvchi tushunadigan tilda xotiraga joylashtiriladi.
Biror algoritmik til asosida tuzilgan dastur buyicha olingan natijalar taxlil qilinadi va ular asosida o'rganilayotgan jarayon uchun xos bulgan umumiy qonuniyatlar aniqlanadi.
Algoritm - biror masalaning yechilishi uchun zarur bulgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligi bo'lib odatda blok-sxema shaklida beriladi. Blok-sxemalar quyidagi elementlardan iborat bo'ladi:
- algoritm boshlanishi va tugashi
-boshlangich ma'lumotlarni kiritish
-arifmetik va mantiqiy ifodalarni xisoblash
-boshqarishni shart asosida o'zgartirish
-qaytarilish jarayoni
- kichik dasturlarga murojaat kilish
-natijalarni tashki kurilmalarga chikarish
Kayd etilgan blok-sxemalardan foydalanib ixtiyoriy masalani yechish uchun algoritmlar tuzish mumkin, bunda algoritmlarning namunali kurinishlaridan foydalanish maksadga muvofik buladi.
Namunaviy blok-sxemalardan foydalanib ixtiyoriy masala uchun algoritm tuzib, biror algoritmik tilda dastur yaratish mumkin. Xozirgi paytga kelib, foydalanuvchilar orasida keng tarkalgan va muxandislik masalalarini yechishga mo'ljallangan algoritmik tillardan biri 1969 yili shveysariyalik olim N. Virt tomonidan yaratilgan bo'lib, buyuk fransuz olimi Blez Paskal nomi bilan yuritiladi. 1981 yili Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Shaxsiy kompyuterlarda Borland firmasining Turbo Paskal dialekti keng kullaniladi.
Xozirgi paytda mazkur tilning 7 venrsiyasi foydalanuvchilar uchun taklif kilingan. Turbo Paskal dasturlar majmuasi odatda kattik diskda TR katalogida joylashtirilgan bo'ladi va o'z ichiga quyidagi funksiyalarni oladi:
- TURBO.EXE -dasturlar xosil qilish uchun mo'ljallangan fayl
- TURBO.HLP -dastur uchun zarur operatorlar jamlanmasi
- TURBO.TP - tizimni konfiguratsiyalash fayli
- TURBO.TPL -Turbo Paskalning qo'shimcha modullari
- GRAPH.TPU - tasvirn dasturlari ishlashi uchun zarur fayl
- EGAVGA.BGI - video tizimlarni moslashtiruvchi drayverlar
Mazkur katalogda TURBO.EXE fayliga murojaat qilingandan so'ng ekranda Turbo Paskal muxitining o'z menyu satriga ega bo'lgan taxrir qilish saxifasi ochiladi. Menyu satrida aloxida vazifalariga ega bo'lgan bo'limlar mavjud.




II-BOB
Paskal tili alfaviti


Tanlab olingan algoritm asosida qo'yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qanday algoritmik tilning o'z alifbosi, buyruqlar majmuasi va maxsus dasturlar jamlangan kutubxonasi bo'lishi zarur. Paskal tili alifbosini uch qismga bo'lish mumkin,
- A dan Z gacha bo'lgan lotin alifbosi xarflari va bo'sh joyni aniklovchi belgi
- 0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlar
- maxsus belgilar
Maxsus belgilarni o'z navbatida uch turga bo'linadi.
1) Q, -, *, G' - arifmetik amallar, qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish
2) Solishtirish amallari belgilari
Paskal belgisi
Matematik ko'rinishi
Ma'nosi

=
q
Teng

< >
¹
Teng emas

<
<
Kichik

<=
£
Kichik yoki teng

>
>
Katta

>=
³
Katta yoki teng


3) Tinish yoki ajratish belgilari
, | . | ; | : | ( | ) | [ | ] | { | } | ` | :q |

Foydalanuvchi tomonidan bajearilishi lozim bo'lgan ma'lum xarakatni elektron xisoblash
mashinalariga maxsus so'zlardan tashkil topgan operatorlar `rdamida yetkazib amalga oshirish mumkin. Demak, kompyuter uchun operator bajarilishi so'zsiz shart bo'lgan buyruqdir.
Operatorlar algoritmik tillarda asosiy tushuncha bo'lib, o'z navbatida ikki guruxga bo'linadi: oddiy va murakkab operatorlar.
Oddiy operatorlar jumlasiga begin, end, Uses, const, label kabi operatorlar kiritilishi mumkin.
Murakkab operatorlar bir necha asosiy operatorlarni o'z ichiga oladi.




III-BOB
Paskal tilida o'zgaruvchilarni tavsiflash

Ma'lumki, xar kanday qiymat yoki belgi bilan ish ko'rish uchun eng avvalo ularga xotirada joy ajratish zurur bo'ladi. Buning uchun ishlatilishi zarur bo'lgan o'zgaruvchi yoki o'zgarmaslar Paskal tilida e'lon qilinishi kerak. Ko'pchilik xollarda dasturlarda o'zgarmas qiymatlar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi. Masalan, nq20, eq2.71 kabi sonlar Paskal tilida quyidagicha e'lon qilinadi.
Const piq3.14; nq20; eq2.71;
Umumiy xolda o'zgaruvchilar var (variable) operatori orqali qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatiga qarab turlarga bo'linadi. Butun sonlar ishlatilishi chegarasiga qarab xar xil e'lon qilinishi mumkin

- byte 0 dan 255 gacha bo'lgan butun sonlar
- shortint -128 dan 127 gacha bo'lgan butun sonlar
- word 0 dan 65535 gacha bo'lgan butun sonlar
- integer -32768 dan 32767 gacha bo'lgan butun sonlar
- longint -2147483648 dan 2147483648 gacha bo'lgan butun sonlarni qabul kiladi.

var i,j : integer;

Xaqiqiy sonlar uchun qo'yilgan masalada yechimning aniqlik darajasiga qarab quyidagi operatorlar yordamida identifikatorlar e'lon qilinadi:

Identifikator turi
Qiymatlar oralig'i
Aniqlik darajasi
Egallagan hajmi

Real
2.9 e –39 .. 1.7 e 38
11 – 12
6 bayt

Single
1.5e –45 .. 3.4e38
7 – 8
4 bayt

Double
5.0e –324.. 1.7e308
15 – 16
8 bayt

Extended
3.4 e –4932 ..1.1 e 4932
19 – 20
10 bayt



var x,y:real;

Mantiqiy o'zgaruvchilar esa Boolean operatori yordamida e'lon qilinadi. Bu tipdagi o'zgaruvchi faqat rost - true yoki yolg'on - false qiymatlarini qabul qiladi.
var a: boolean;

Belgilar Char operatori yordamida uzunlikka ega bulgan satrlar esa string operatori yordamidja aniklanadi.
var s: char;
d: string;
begin

end.
Paskal algoritmik tilida tuzilayotgan xar qanday dastur ma'lum bir strukturaga ega bo'ladi va bu tildagi eng kichik dastur quyidagi ko'rinishda bo'ladi.

begin
(Dasturning asosiy tanasi)
end.
Kompyuterda biror masalani yechish uchun boshqa dasturlarga, tashqi qurilmalarga murojaat qilish mumkin, o'zgarmas yoki yangi o'zgaruvchilarning ko'rinishini e'lon qilish mumkin va xakozo.
Shunday qilib Paskal tilidagi dastur strukturasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi

Program Programma mavzusini berish
Uses Ishlatilayotgan kutubxona bo'limlari (modullari)
Label Dasturning asosiy qismida ishlatilayotgan belgi (metka) larni e'lon qilish
Const O'zgarmaslarni e'lon qilish
Type Yangi o'zgaruvchilarning turini muomalaga kiritish

Var Asosiy dasturda muomalada bo'ladigan o'zgaruvchilarni e'lon qilish

Protseduralarni e'lon qilish

Begin
Dasturning asosiy qismi
End.

Demak, xar qanday dastur yuqorida berilgan asosiy tuzilmaning xususiy xoli bo'lishi mumkin va ular o'z navbatida Paskal tiliga xos bo'lgan asosiy tushunchalar asosida xosil qilinadi.




IV-BOB.
Paskal tilida maxsus va elementar funksiyalarning berilishi
abs(x) - |x|
sqrt(x) -
sqr(x) -
sin(x) - sin x
cos(x) - cos x
ln(x) - ln x
exp(x) -
arctan(x) - arctg x
Round(x) – x ni yaxlitlash
trunc(x) – x ning butun qismi

Cimvollar uchun quyidagi funksiyalar ishlatiladi:
Chr(n) - n tartib nomeriga mos keluvchi belgini aniklaydi
Ord(x) - x belgining tartib nomerini aniklaydi
Pred(x) - x dan oldingi belgining tartib nomerini aniqlaydi
Succ(x) - x dan keyingi belgining tartib nomerini aniqlaydi
Keltirilgan funksiyalar Paskal tilida maxsus funksiyalar deb ataladi.

Asosiy operatorlar
Foydalanuvchi tomonidan taklif etilgan algoritm asosida qo'yilgan masalani kompyuterda yechish uchun Paskal tilining boshqaruvchi operatorlarini ishlatish zarur bo'ladi.
O'zlashtirish operatori: x:qa;
Bu yerda
x - o'zlashtiruvchi identifikator;
a - ixtiyoriy ifoda;
:q - o'zlashtirish belgisi;

Kiritish operatori: Read(a);
Chiqarish operatori: Write(a);

Misol: Uchburchakning tomonlari a, v, s lar berilgan bo'lsa, uning balandliklarini hisoblovchi dastur tuzamiz.
Ma'lumki, balandliklar quyidagi munosabatlar yordamida ifodalanadi:

Xisoblash jarayoniga mos blok-sxemani tuzamiz:

Endi berilgan topshiriq xisoblash jarayoniga mos Paskal tilidagi dasturini tuzamiz:
Program Balandlik;
Var a, b, c, ha, hb, hc, p, s :real;
Begin
Read(a, b, c); {uchburchak tomonlarini kiritish }
p:q(aQbQc)G'2;
s:qsqrt(p*(p-a)*(p-b)*(p-c));
ha:q2*sG'a;
hb:q2*sG'b;
hc:q2*sG'c;
writeln( ‘haq',ha, ‘hbq', hb, ‘hcq',hc); {Natijani chiqarish }
end.


Shartsiz o'tish operatori: Goto m;
Bu yerda m - dasturda label operatori yordamida e'lon qilinuvchi nishonni aniqlaydi. Masalan ,
Label m 1, nk ;
............
goto m1;
......
goto nk;
....
m 1: .....
nk : ....

Shartli o'tish operatori
If then 1 else ;
Bu operatorning ishlash prinspi quyidagicha: Agar bajarilsa, ni, bajarilmasa, ni ishga tushiradi.
Misol:
If abs(x)< 1 then y: = sqr(x)
else y: = 1;






V-BOB.
Variant operatori
Bu operatordan dasturda 3 va undan ortiq shartlar asosida ishlashga to'g'ri kelganda foydalaniladi.
Misol:
Case A of
1: A1;
2: A2;
3: A3;
4: A4;
end;

Bu operatorning ma'nosi A ning qiymati 1 ga teng bo'lganda, A1 operatorni, 2 ga teng bo'lganda A2 operatorning va h.k. operatorlarning ishga tushiradi.




VI-BOB.
Sikl operatori
1. Parametrli sikl operatori
For i: = n1 to n2 do ;
Bu takrorlanish operatori n1n1 bo'lsa, for i: = n1 downto n2 do ; ko'rinishiga ega bo'ladi.
2. Sharti boshida beriladigan sikl operatori
while do ;
Bu operator shart bajarilsa takrorlanadi. Bajarilmagan holda sikl tuxtaydi.
3. Sharti oxirida beriladigan sikl operatori.
Repeat until ;
Bu operator shart bajarilmasa sikl davom etadi, bajarilgan paytda sikl tugaydi.





October 20, 2006 | 4:27 AM Comments  4 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Comments

Nodirbek Nodirbek
October 20, 2006 | 4:43 AM
yaxshiiii
ok!
Abdusamad Abdusamad Hojihonov
October 20, 2006 | 7:29 AM
Салом...
Салом Нодирбек.
Бу блогингиз нимадан иборат?
Бу сизнинг 1-блогингизми?
mirzohidbek Mirzohid
October 21, 2006 | 4:22 AM
Parpiyev Mirzohid
Salom,oshna!
Blogingiz juda ham zo'r!
Qoyilman.
kakilova ogiloy
June 20, 2007 | 9:01 AM
ogiloy kakilova
Salom,
Nima ham derdim.Juda ham zo'r
Nodirbek's Profile


Monthly Archive
October 2006
November 2006
February 2007

Change Language


Filter By Type
News
Topics


5645 views
Important Disclaimer